$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Jomboy tumanidan Urgutga tomon temiryo‘l qurilishi boshlandi

yo

Prezident ko’rsatmasi bilan Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalarning eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Urgut tumaniga temir yo‘l tarmog‘i tortish tashabbusini ilgari surgan edi. Shu asosda viloyatning Jomboy tumanidan Urgutga tomon temiryo‘l qurilishi boshlandi.

 Temiryo‘l Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanadi

Uzunligi 50 kilometrdan ortiq bo‘lgan yangi tarmoq “Toshtemiryo‘lloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘yicha zamonaviy muhandislik yechimlari hisobga olingan holda barpo etiladi.

Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanuvchi yangi temiryo‘l tarmog‘i 4R-238 avtomobil yo‘lini kesib, Zarafshon daryosi bo‘ylab o‘tadi va so‘ngra ushbu daryo ustida barpo etiladigan ko‘prik orqali Urgut tumaniga boradi. Temiryo‘l o‘tadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi. Masalan, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti yaqinida bekat quriladi. Bu esa tojikistonliklarga yurtimiz bo‘ylab temir yo‘l orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.

– Mazkur yangi tarmoq yurtimiz temir yo‘l sohasidagi yirik loyihalardan biri , – deydi “Temiryo‘l loyihasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Rasuljon Ro‘ziyev. – Bu orqali nafaqat “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi korxonalarining transport tarmog‘i yaxshilanadi, shu bilan birga aholi uchun qulaylik yaratiladi, hududda sayyohlik rivojlanadi.

Yangi tarmoq mahsulotlarni xorij bozoriga eksport qilish imkoniyatini ham oshiradi

Temir yo‘lga tamal toshi qo‘yish tadbirida qatnashgan transpori vaziri I. Mahkamov, Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev va boshqa mas’ullar yangi tarmoq hududda joylashgan aholi uzog‘ini yaqin qilish bilan birgalikda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlarni xorij bozoriga eksport qilish imkoniyatini ham oshirishini ta’kidlashdi.