$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

BMT Toshkentdagi elektrobuslarning kreditini qoplash maqsadida mablag‘ ajratadi

Avtobus

BMTning Taraqqiyot dasturida Toshkentdagi shahar jamoat transportida elektrobuslardan foydalanish va infrastrukturani rivojlantirish bilan bog‘liq loyihani o‘z ichiga olmoqda. Ushbu loyiha doirasida BMT Toshkentdagi elktrobuslarning krediti uchun mablag‘ ajratishi belgilandi. 

BMT vakillari avtosaroyga tashrif buyurishgan

Transport vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, “Toshkent – past uglerodli transportga investitsiyalarni jadallashtirish” (TAILEV) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii transport vaziri bilan uchrashgan.

Shuning bilan birga, BMT TD vakillari Toshkent shahridagi 8-avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobus parki hamda ularni quvvatlash infratuzilmasi bilan tanishgan. 

Ushbu tadbirda Akiko Fujii xonim “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan xarid qilingan elektrobuslarning bir qismi Global Ekologik Jamg‘armaning grant mablag‘lari hisobidan qisman moliyalash uchun 1 million 220 mi dollar mablag‘i sertifikatini topshirgan.

6 yilda 1 200 dona elektrobuslarni sotib olish ko‘zda tutilmoqda

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 ming 17 dona harakat tarkibi mavjud.  

Shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 foiz), 1 ming 20 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 foiz), 324 donasi elektr energiyasida (17 foiz) harakatlanadi. 2022-2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 foizi elektr energiyasida harakatlanadi.

Buning natijasida harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etgan. 2024—2030-yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.