$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

universitet

“Cyber university" davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori qabul qilindi.

Universitet qachondan oʻz faoliyatini boshlaydi?

Hozircha universitetning qayerda joylashishi va qachon o‘z faoliyatini boshlashi ma’lum emas. Biroq, birinchi talabalar yangi o‘quv yilida ta’lim olishni boshlashlari kutilmoqda. 

IT va kiberxavfsizlik bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi

Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Cyber University IT sohasi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maydonchasiga aylanadi. Universitet axborotni himoya qilish, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar hamda raqamli iqtisodiyot sohalarida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashadi. Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlari qatoriga sun’iy intellekt asosida avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa sohalar kiradi. 

Ta’lim jarayoni

O‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Cyber University davlat organlari, korxonalar va boshqa tashkilotlar uchun kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaydigan muhim ta’lim maskani bo‘lib xizmat qiladi.