$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi umra safarini litsenziyasiz amalga oshirganlar 68 million so‘m jarimaga tortiladi

Umra Умра

Keyingi yillarda fuqarolarning umra ziyoratiga borib kelishida turli muammolarga duch kelish holatlari uchrab turmoqda. 

Xususan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayrim tadbirkorlar umra safariga ketish haqidagi reklamalarda berilayotgan va’dalarini bajarmayotgani, manzilga yetib borganda mehmonxonalar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, ko‘p hollarda esa ziyoratchilar borish-kelishda samolyot reyslarining belgilangan sanadan kechikishi kabi holatlarni misol qilib keltirish mumkin.

Qonun ma’qullandi

Shu boisdan O‘zbekistonda senatorlar umra ziyoratiga borib kelish tartibini takomillashtirishga doir qonunni ma’qulladi.

Senatorlar tomonidan muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bu kabi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Mazkur qonun ziyoratchilar umra amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Litsenziyani kim beradi?

Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunlarga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Bunda ushbu litsenziya Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan berilishi hamda ushbu litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravari miqdorida davlat boji belgilanmoqda.

Aks holda...

Mazkur qonun bilan amalga oshirilishi uchun ruxsat va tegishli hujjatlarni talab etadigan faoliyat turlari qatoriga davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirganlik uchun ham ruxsatnoma olish qo‘shimcha sifatida kiritilmoqda.

Bundan tashqari, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar qatoriga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Endilikda umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki lisenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi fuqarolarning muqaddas amallarini emin-erkin va xavfsiz bajarishiga, bu borada huquq va erkinliklarining kafolatlanishiga, turli firibgarliklarning oldi olinishiga, eng muhimi mazkur jarayonda har bir fuqaro davlat himoyasida bo‘lishiga xizmat qiladi.

15 130 nafar ziyoratchi

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, aviakompaniya joriy yilda “Haj-2024” dasturi doirasida 124 ta charter yoʻlovchi parvozlar bilan 15 130 nafar ziyoratchini tashishni rejalashtirgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot