$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonga bir qator kuchli mutaxassislarni yetishtirib bergan “turk litseylari”ning asoschisi Fathulloh Gulen vafot etdi

Fathulloh Gulen

Turkiyalik imom Fathulloh Gulenning izdoshlari uning vafot etganini e’lon qilishdi. Turkiyada terror tashkiloti (FETO) o‘laroq tan olingan harakat rahbari, yozuvchi va jamoatchilik arbobi Fathulloh Gulen so‘nggi yillarda AQShda yashab kelayotgan edi. Gulen jamoatiga yaqin ko‘rilgan Herkul portali xabariga ko‘ra, u 20-oktyabr kuni Pensilvaniyadagi klinikada vafot etgan. 83 yoshli Gulenning vafotiga oid ma’lumotni uning jiyani Ebuseleme Gulen tasdiqladi, deya xabar qildi CNN Türk telekanali. Hozircha Gulenning vafotiga oid boshqa tafsilotlar keltirilmayapti.

Ta’sir doirasining oshishi

Gulen 1941-yilda Erzurum viloyatida, imom oilasida tug‘ilgan. 1959-yilda uning o‘zi ham imomga aylangan, 1960-yillarda Izmir viloyatida diniy voiz sifatida mashhurlikka erishgan. Gulen o‘sha vaqtda va’z o‘qigan talabalar uylari va choyxonalarda uning harakatiga tamal toshi qo‘yilgandi. Turkiyada “Xizmet” (keyinroq Erdo‘g‘an unga FETO deb nom bergan) deb nom olgan gulenchilar harakati bag‘rikeng islomni targ‘ib qiladi va ta’lim, erkin bozor va turli dinlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga urg‘u beradi. Gulenning rasmiy saytida aytilishicha, u asos solgan harakat shakllanayotgan “Yevropa islomi”ning bir qismi bo‘lgan. Gulen zo‘ravonlik, terror va xudkushlar hujumiga qarshi chiqqan, shuningdek, musulmon olamining AQSHdagi 11-sentyabr voqealarini qoralab chiqqan ilk ilohiyotchisi bo‘lgan. “Xizmet”ning eng ko‘zga ko‘ringan faoliyat shakli — Turkiyada hamda xorijda maktablar va universitetlar tashkil etish va boshqarishdir. Gulen uzoq vaqtgacha Turkiyadagi ta’sir darajasi bo‘yicha Erdo‘g‘andan keyingi ikkinchi odam sanalgan. O‘tmishda ular safdosh bo‘lishgan, ammo keyin ularning yo‘li ayrilgan.

Harbiy to‘ntarish urinishi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2016-yili Fathulloh Gulen tarafdorlarini davlat to‘ntarishi uchun til biriktirganlikda ayblab chiqqan. O‘sha yili 15-iyuldan 16-iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarish urinishi bo‘lib o‘tgan: Istanbul va Anqara ko‘chalarida qurolli kishilar, tanklar paydo bo‘lgan, osmonda harbiy uchoqlar uchib yurgan. O‘sha paytda 250 dan ziyod odam nobud bo‘lgan, ko‘plab harbiy sudsiz-so‘roqsiz jazoga tortilgan. Isyon bostirilganidan ko‘p o‘tmay, gulenchilarni yoppasiga hibsga olinish boshlangan. Gulenchilar o‘zlarini bolalarga dunyoviy va diniy ta’lim berish birlashmasi o‘laroq taqdim etishadi. Ularga tegishli “Xizmet” harakati o‘zining bosh maqsadi jamiyatga xizmat qilishi kerak bo‘lgan musulmonlarning yangi avlodini tarbiyalash ekanini aytib kelgan. Turli manbalarda harakat o‘zining patsifist (urushlarga qarshi) ekanini va madaniy-ta’limiy yo‘nalishda faoliyat olib borishga sodiq ekanini urg‘ulagan.

Uyushtirilgan teatr yoki to‘ntarish?

Turkiya hukumati Hizmet harakati va uning rahbarini armiyaga sizib kirib, hukumatni ag‘darishga urinishda aybladi. Biroq, Hizmet va Fathulloh Gulenning o‘zi to‘ntarishga urinishda ishtirok etishni rad qilib keldi. “Hukumat muxolifi kuch bilan emas, erkin va adolatli saylovlar orqali g‘alaba qozonishi kerak. Men Xudodan Turkiya, Turkiya fuqarolari va hozirda Turkiyada bo‘lganlarning barchasi uchun ibodat qilaman, shunda bu vaziyat tinch va tez hal qilinadi. So‘nggi besh o‘n yillikda bir nechta harbiy to‘ntarishlardan aziyat chekkan kishi sifatida, bunday urinish bilan har qanday aloqada ayblanish ayniqsa haqoratli. Men bunday ayblovlarni qat’iyan rad etaman,” degan Gulen, bu to‘ntarishni Erdo‘g‘on uyushtirgan teatr ekanligini aytgan. 

Gulenning O‘zbekistonga ta’siri

Bugungi kunda dunyodagi 150 dan ziyod mamlakatda Gulen tarafdorlari tomonidan ochilgan taqriban 1 400 ta maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ahamiyatlisi, Gulenning ta’limotlari asosida tashkil etilgan maktablar O‘zbekistonda ham faoliyat yuritgan. Ular xalq orasida turk litseyi nomi bilan tanilgan. Bu maktablarda zamonaviy ta’lim metodlari, shundan kelib chiqib, talabalarga ilm-fan, tillar, matematika va boshqa fanlarda muvaffaqiyat qozonish imkoni yaratilgan. Uning maktablari orqali muvaffaqiyatli tadqiqotchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar tayyorlandi. Ularning ko‘pchiligi O‘zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga katta hissa qo‘shgan. 

Turk litseylari

O‘zbekistondagi turk litseylari 1990-yillarning boshida Fathulloh Gulen harakatiga aloqador tashkilotlar tomonidan ochilgan ta’lim muassasalaridir. Ular katta shov-shuv bilan qabul qilingan va talabalarning yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilgan. Turk litseylari O‘zbekistonda zamonaviy fanlar, matematika, tabiiy fanlar, ingliz tili va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘qitishga ixtisoslashgan. Ularda talabalarga zamonaviy texnologiyalar va interaktiv o‘qitish metodlari orqali bilim berilgan. Litseylarda tarbiyaga katta e’tibor qaratilgan, ya’ni nafaqat akademik ta’lim, balki axloq-odob, intizom va tarbiyaga ham katta ahamiyat berilgan.

O‘zbekiston Gulenning harakatlarini taqiqlagan birinchi davlat

O‘zbekiston Fatulloh Gulenning harakatlarini “noqonuniy tashkilot tuzish va noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish, jamoat tartibini buzuvchi eshittirishlar tarqatish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga putur yetkazish” kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun taqiqlagan birinchi davlat hisoblanadi. 2000-yilda O‘zbekiston tashkilotining barcha maktablarini yopib, maktablarda ishlaganlarni deportatsiya qilgan. Tashkilotning O‘zbekistondagi maktablari soni qisqa vaqt ichida 16 taga yetadi. Bu maktablar mamlakatning turli hududlarida, xususan, poytaxt Toshkentda ham faoliyat yuritadi. Yuqori darajali amaldorlarning farzandlarini maktabga jalb etishga ahamiyat bergan harakatning tarkibiga kam ta’minlangan oilalarning aqlli, iqtidorli bolalarini ham stipendiya bilan kiritishi O‘zbekiston rahbariyatining e’tiborini tortadi. 

Litseyning yopilishi

Keyinchalik o‘sha davrdagi O‘zbekiston hukumati tashkilot faoliyatidan bezovtalanib, barcha harakatga aloqador maktablarini yopishga qaror qiladi. Shunday qilib, mamlakatdagi Gulen tashkilotiga tegishli 16 ta litsey va til va kompyuter ta’lim markazi faoliyati 2000-yilda tugatiladi. O‘sha yili harakat ta’lim muassasalarining barcha xodimlari deportatsiya qilinib, tashkilotning moliyaviy manbalari tekshirila boshlanadi. Sirdaryo viloyat sudida ko‘rilgan ishda harakatga aloqador 3 nafar turkiyalik tadbirkor “noqonuniy tashkilot tuzish va noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish, jamoat tartibini buzish, jamiyat tinchligi va ishonchini buzish” aybi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Dargoh bitiruvchilari

Turk litseylari bilan bog‘liq ma’lumotlarni izlash jarayonida ushbu dargohni tamomlagan toliblarning deyarli barchasi o‘z sohasining yuqori darajali mutaxassisi bo‘lgani haqidagi xabarlarga ko‘p bor duch keldik. Shundan so‘ng, zamon imkoniyatlaridan foydalanib sun’iy intellektdan ushbu dargohni tamomlagan mutasaddilar va amaldorlar nomini so‘rab ko‘rdik. Uning javobi esa quyidagicha bo‘ldi. O‘zbekistonda turk litseylarini tamomlagan ko‘plab muvaffaqiyatli va taniqli shaxslar bor, ular turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan. Quyida ulardan ba’zilarini sanab o‘tamiz:

  • Aziz Abduhakimov – O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari va Turizm va madaniy meros vaziri. 
  • Jahongir Obidov – O‘zbekistonning tashqi ishlar tizimida va xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat yuritgan shaxs.
  • Muhammadyusuf Yusupov – Qonunchilik va huquqshunoslik sohasida faoliyat yuritgan. U davlat boshqaruvida turli lavozimlarda ishlab, mamlakat qonunchilik tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
Теги :
Жамият
Иқтисодиёт