$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Turistlar uchun qiziqarli inshoot: Xo‘jaobodda 300 metr uzunlikdagi osma ko‘prik qurilmoqda

koprik

Prezidentimizning turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab bergan vazifalari doirasida Andijonda yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Turizm maskanlariga boy bo‘lgan Xo‘jaobod tumani tog‘larida 45 metr balandlikda bo‘lgan osma ko‘prik qurilmoqda.

Ko‘prikdan bir vaqtning o‘zida 40 nafar sayohatchilar foydalanishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi tashabbusi bilan turizm qishlog‘i maqomiga ega bo‘layotgan, “Imom ota” ziyoratgohi va ko‘plab turistik maskanlar mavjud bo‘lgan bu hududda bir qancha yangi o‘zgarishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ulardan biri bo‘lgan 300 metr uzunlikdagi mazkur ko‘prik qurilishi tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Sayyohlarni jalb qiluvchi so‘lim maskan

Shuningdek, ko‘prik turistik maskanlardan biriga tegishli bo‘lib, “Orzu” deb nomlanadi, undan bir vaqtni o‘zida jami 40 nafar sayohatchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Xo‘jaobod so‘lim tabiati va bahavo iqlimi tufayli sayyohlarni o‘ziga jalb qilganligi tufayli hududda bu kabi yangi tashabbuslarni amalga oshirish harakatlari davom etmoqda.