$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

May oyida tug'ilish kamaygan

tug

Statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda o'tgan yili may oyiga qaraganda 10 foizga kamroq tug'ilish ro'y bergan.

Raqamlar nima deydi?

Statistika agentligining ma'lumotlariga qaraganda, 2024-yilning may oyida 72,9 ming tug'ilish qayd etilgan. Ushbu ko'rsatkich 2023-yilning may oyiga nisbatan 10,2 foiz yoki 8,2 mingga kamroq tug'ilish sodir bo'lgan. 2024-yilning 5 oyida tug'ilish soni 2023-yilning 5 oyiga nisbatan 14,2 mingga, 347,4 minggacha qisqargan.

Prognoz o'zini oqlamaydimi?

Katta ehtimol bilan 2024-yilda prognoz qilinayotganidek tug'ilishning 1 millionga yetishi ro'y bermaydi. "Yangi davrda tug'ilish soni yilma-yil o'sib borayotgan edi, mazkur tendensiya to'xtab, orqaga qaytishning boshlagani ilk belgilari yil boshidayoq ko'rina boshladi", - deydi iqtisodchi Bakiroо.