$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Eksportda qulash

TSA

O'zbekistonda tashqi savdo aylanmasi yilni pasayish bilan boshladi. Shu bilan birga eksportda ham katta "qullash" ro'y bergan. Faqatgina import hajmida esa o'sishlar kuzatilgan desak ham bo'ladi.

Raqamlar bilan tanishing

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 4,2 mlrd. AQSH dollariga yetgan. Ushbu hajm esa 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,2 foizga, ya’ni 870,1 mln. AQSH dollariga kamaygan.

Eksport hajmi achinarli

Shuningdek, yanvar oyida ekport hajmi sezilarli darajada pasaygan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston chet davlatlarga 1,1 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksport qilgan. Bu esa 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 47,1 foizga kam degani. Demak, 2023-yilda mamlakatdan 2,1 mlrd. dollarlik mahsulotlar eksport bo‘lgan.

Importda o‘sish

Bundan tashqari, O‘zbekistonda import hajmi qisman darajada o‘sgan, ya’ni o‘tgan yilgi yanvar oyiga nisbatan importlar 4,1 foizga ko‘tarilgan. Unga ko‘ra, yanvar oyidagi import hajmi 3,1 AQSH dollariga teng.

Davlatlar ulushi qanday?

Yanvar oyida O‘zbekiston jahonning 137 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. TSA bo‘yicha yuqori uchlikda esa Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston turibdi. Unga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasining 27,2 foizi Xitoyga tegishli bo‘lsa, Rossiyada esa bu ulush 18,3 foizga, Qozog‘istonning ulushi esa 6,5 foizga to‘g‘ri kelmoqda.

Importni ham eksportni ham oshirgan gaz

2024-yilning ilk oyida O‘zbekiston 21 mln. dollarlik gaz eksport qilgan. Importi esa 35,6 mln. dollarni tashkil etgan. Har ikki ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvariga nisbatan karrasiga ortgan. Shuningdek, gaz importi o‘tgan oy ya’ni dekabrga nisbatan 3,7 barobarga kamaygan. Ma’lumot uchun, 2023-yilning oxirgi oyida 132,2 mln. dollarlik gaz import qilingan.

Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, jug‘rofik afzallikka nisbatan logistik taqsimot juda yomonligicha qolmoqda. Sababi, gaz importida eng shimoliy hududimiz Qoraqalpog‘iston va eng janubiy viloyatimiz Surxondaryoning ulushi 0,6 foizdan kam darajada qolmoqda.

Теги :
Иқтисодиёт