$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Transport vositalarini olib kirishga cheklov qo‘yilmagan, — mutaxassis

q 5 11

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari avtotransport vositalari importini tartibga solish, aholi va tadbirkorlarni sifatli transport bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishda xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, internet tarmog‘ida muhokamaga sabab bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarida keltirilgan “yangi tartib” aslida 2017-yildan buyon amalda ekan. Bu tartib bekor qilinmagan. Muomalaga chiqarilayotgan transport vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun transport vositalari turi ma’qullanadi yoki muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Ya’ni, jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun bir kalendar yili davomida bir dona import qilingan transport vositasiga muvofiqlik sertifikati asosida, bir donadan ortiq transport vositalari import qilinganda esa transport vositasi turini ma’qullash hujjati asosida erkin muomalaga chiqariladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilingan bir donadan ortiq bo‘lgan avtotransportga transport vositasi turini ma’qullash hujjatini rasmiylashtirishdan qochib, jismoniy shaxslar nomidan sertifikatlashtirishga ariza yo‘llab kelishayotgan edi. Bu holatda turini ma’qullash hujjati uchun sinovdan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 61 ta ko‘rsatkichning aksariyati ko‘rib chiqilmaydi. Aslida bu jahon standartlariga muvofiq jarayondir.

Xususiy tadbirkorlar esa import qilinayotgan transport vositalariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda muammo yuzaga kelayotganini aytib noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishgani, aslida talab bo‘yicha hech narsa o‘zgarmagani, shunchaki tadbirkorlar aylanib o‘tayotgan “eshik” berkitib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Теги :
Avto
Iqtisodiyot