$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Buyrak va jigar transplantatsiyasi: bemorlarga sifatsiz immunodepressantlar tarqatilmoqda

transplatatsiya

Avvallari mamlakatimizda buyrak va jigar transplantatsiyasi amaliyotlari o‘tkazilmasligi oqibatida ko‘pchilik bemorlar xorijiy mamlakatlarda katta mablag‘ evaziga davolangani borishga majbur edi. 

2022-yil 11-may kuni “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ruxsat etilgan markazlarda organlar transplantatsiyasi amaliyoti bajarilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Nechta transplantatsiya amaliyoti o‘tkazilgan?

Jumladan, Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bugungi kungacha 1262 ta buyrak, 106 ta jigar transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazilgan.

Shuningdek, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 360 ta buyrak, 1 ta jigar, Milliy tibbiyot markazida 20 ta buyrak va 2 ta jigar transplantatsiyasi amaliyoti, Bolalar Milliy tibbiyot markazida esa 12 ta buyrak transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan.

Sohadagi mavjud muammolar

Yig‘ilishda sohadagi mavjud muammolar ham aytib o‘tildi. Masalan, transplantatsiya amaliyoti uchun zarur dori-vositalar, immunodepressantlar bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda arzon deb sifat jihatidan talabga javob bermaydigan immunodepressantlarni tarqatish yoki o‘z vaqtida ushbu preparatlar sotib olinmagani tufayli ularni yetkazib berishda kechikish holatlari uchramoqda.

Qanday chora-tadbirlar zarur?

Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tizimga yangi texnologiyalarni jalb qilish, operatsiya qilish va davolash bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, shifokorlarni chet ellardagi yetakchi tibbiyot muassasalariga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Теги :
Jamiyat