$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqand shahrida tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

tramvay

Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilmoqda.  Hozirda bu uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilinmoqda.

Loyiha qiymati 40 mln. AQSh dollarni tashkil qilmoqda

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahrida temiryo‘l vokzalidan Kimyogarlar qo‘rg‘onigacha yangi tramvay yo‘nalishi ochilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Samarqand MTRK” telekanalida ma’lum qilindi.

Bu yo‘nalishga 14 ta zamonaviy tramvay vagonlari xarid qilinadi. Loyiha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.

Samarqand viloyati Transport boshqarmasining xabar berishicha, yangi yo‘nalish uzunligi 11,2 kilometr bo‘ladi. Loyihaning qiymati 40 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.

Shaharda o‘tgan asrda tramvay harakati nega to‘xtatilgandi?

Shuningdek, ayni vaqtda Samarqandda tramvaylar ikkita yo‘nalishda (1-sonli Temiryo‘l vokzali — Sartepa maskani va 2-sonli Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori) yo‘lovchi tashimoqda.

Ma’lumot uchun, Samarqandda 1947—1973 yillarda ham tramvay qatnovi mavjud bo‘lgan, ammo shahar yo‘llari torligi tufayli tramvay olib tashlangandi. Eski tramvay atigi bitta yo‘nalishdan iborat edi, u “Shahar temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” qatnovi bo‘ylab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan. Keyingi yillarda shaharda, xususan, Rudakiy va Beruniy ko‘chalarida rekonstruksiya ishlari olib borilishi natijasida yo‘llar sezilarli darajada kengaytirilgan va tramvay harakatlanishi uchun sharoit paydo bo‘lgan.

2017-yil fevral oyida tramvay tizimini ishga tushirish haqida prezident farmoni qabul qilingan edi. Tramvaylarning o‘zi esa 15-apreldan yo‘nalishga chiqarilib faoliyat yurita boshlagan edi.