$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

$2,1 milliard daromad keltirgan Oʻzbekiston turizmi ahvoli ham shunga yarashami?

Turistlar Foto: Daryo

2023-yilda Oʻzbekistonga 6,6 milliondan ortiq sayyoh kelgan. Shuningdek, turizm sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,1 milliard dollarga yaqin daromad keltirdi va 70 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratdi. Bu haqda Xitoyning yetakchi Daily Economic elektron nashrida maqola e’lon qilindi ().

70 mingga yaqin ish oʻrni

O‘zbekiston o‘z oldiga 2030-yilgacha 15 million xorijiy sayyohni jalb etish singari ulkan maqsad qilib qo‘ygan, deb ta’kidlangan nashrda.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda mamlakatga 6,6 milliondan ortiq sayyoh kelgan. Shuningdek, turizm sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,1 milliard dollarga yaqin daromad keltirdi va 70 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratdi.

Blogerlar faol jalb etilmoqda

Xitoy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yosh sayyohlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston o‘zining diqqatga sazovor joylarini targ‘ib qilish uchun 10 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarni faol jalb etilmoqda.

Materialda, shuningdek, O‘zbekiston qadimiy Ipak yo‘lining muhim qismida joylashgani, Samarqand, Buxoro va Xiva tarixiy shaharlari YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani alohida ta’kidlangan.

Maqola xulosasida: “Bu shaharlar o‘zining ajoyib me’morchiligi, ta’sirchan madrasa va masjidlari hamda mamlakatning boy madaniyatini aks ettiruvchi bozorlari bilan mashhur”, deb qayd etgan Daily Economic.

Besh yilda turistlar soni qanchaga koʻpaydi?

Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda respublikaga 1,5 million nafar sayyoh kelgan, 261 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.

2021-yilda O‘zbekistonga nisbatan ko‘proq – 1,9 million nafar xorijiy sayyohlar kelgan va 422,1 million dollarlik turizm xizmatlari eksport qilingan.

2022-yilda turistlar soni yana keskin o‘sib, qariyb 5,2 million nafar xorijiy sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi va ko‘rsatkichlar 2017-yilga (2,7 million nafar) nisbatan 1,9 baravarga o‘sdi. Shu yili turizm xizmatlari eksporti hajmi ham oshib, 1,6 mlrd. dollarga yetgan (2017-yilda 531 million dollar bo‘lgan).

2023-yilda esa O‘zbekistonga 7 mln. nafarga yaqin chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Ularning mamlakatda qolish muddati o‘rtacha to‘rt kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p.

2024-yilning olti oyida esa Oʻzbekistonga 3,5 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurdi.

Sohada qanday kamchiliklar bor?

Joriy yilning iyun oyida turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilangan edi (https://president.uz/oz/lists/view/7282). Yigʻilishda hududlarda turistlarni o‘ziga tortadigan zamonaviy akvaparklar yo‘qligi, t,abiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayapti.

Shuningdek, Mirishkor tumanidagi Sechanko‘l va Achinko‘l bo‘yida birorta dam olish maskani yo‘q. 

Turizm rivojiga xalal berayotgan yana bir muammo transport bilan bog‘liq. Chet ellarda turoperatorlar chiptalarni kamida olti oy oldin sotib oladi, shuning uchun “sayohat to‘plami” arzon. Bizda esa samolyot va poyezdga chipta olish qiyin, bir-ikki oy qolganda topilmaydi ham

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yo‘llarning sifati, transport xizmatlarining aʼlo darajada bo‘lishi, qatnov yo‘llari bo‘yida kerakli infratuzilma ─ do‘kon, ovqatlanish shoxobchalari, hojatxona kabilarning talab darajasida bo‘lishi ham turizm salohiyatida hal qiluvchi omillardan sanaladi.