$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda birinchi to‘liq “milliy” GES qurilmoqda

ges

2024-yil yanvar-sentyabr oylarida 6.5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, reja 108%ga, o‘tgan yilga nisbatan esa 116 %ga bajarildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati rahbari Ravshan Boyqulov ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi birinchi milliy GES

“O‘zbekgidroenergo” tomonidan yangi GESlarni qurilishi borasida jadallikda ishlar olib borilmoqda, birgina Bo‘stonliq tumanida “Chotqol daryosida Quyichotqol GES qurilishi” loyihasi doirasida Markaziy Osiyoda birinchi bor bosib zichlangan betondan to‘g‘on barpo etilmoqda. Bugungi kunga kelib, To‘g‘on hamda GES binosi bo‘yicha asosiy qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlar olib borilmoqda.

Namangan viloyati Norin daryosida quvvati 228 MVt, 6 ta GESdan iborat kaskad barpo qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 1 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 430 ming xonadon yoki 2 mln. aholiga elektr uzatiladi.

E’tiborli jihati, mazkur GESlar kaskadi Jamiyat tasarrufidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan uskuna va texnologiyalar asosida quriladi. Ya’ni, ushbu stansiyalar mamlakatimizda birinchi “milliy” GES bo‘ladi. Bu stansiyada 133 nafar xodim, qurilish davrida esa 5 mingga yaqin ishchi faoliyat yuritadi.

Ugam daryosida Ugam kichik GESlar kaskadi qurilmoqda. 3 ta kichik GES dan tashkil topgan mazkur loyiha doirasida Ugam-1 KGES hozirgi kunga kelib ishga tushirildi va elektr energiyasini ishlab chiqarmoqda. Ugam-2 va Ugam-3 KGESlar doirasida ham GES binosi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari parallel olib bolilmoqda hamda yil yakuni bilan mazkur KGES lar ham ishga tushiriladi.

Mavjud GESlar kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” tomonidan mavjud GESlarda joriy kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda gidroenergetika obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha 2024-yil 14-avgustda “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi GES va suv omborlarini 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumi davrida barqaror ishlashga tayyorlash to‘g‘risida”gi 89-son Jamiyat buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq, Jamiyat tizim korxonalari doirasida 198 ta tadbirni amalga oshirilishi belgilanib, belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tizimdagi GES va Kaskadlar tomonidan asosiy va yordamchi uskunalar, barcha turdagi elektr va gidromexanik jihozlar: gidroagregatlar, transformatorlari, yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar, rele-himoya va avtomatika, past va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar, aloqa, texnik suv ta’minoti va yong‘inga qarshi tizimlarni ishonchli ishlashi ta’minlandi. Gidrotexnik inshootlar, ularni gidromexanik qurilmalari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, avtotransport vositalari, avariya zaxira materiallari yaratilib, ishlab chiqarish va ma’muriy binolar, ularning isitish tizimlari mavsumga tayyorlandi, deydi “O‘zbekgidroenergo” mas’uli.