$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Ertaga Toshkentning ba’zi ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi

To

Poytaxt YHXB matbuot xizmati qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli yopiladigan yo‘llar xaritasini ma’lum qildi.

YHXB axboroti

Toshkent shahrida 15-iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Buyuk ipak yo‘li va Temur Malik ko‘chalarining yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinadigan joyga tutash qismlarida transport harakati to‘xtatiladi, deya xabar beradi poytaxt YHXB matbuot xizmati.

Unda qayd etilishicha qo‘yidagi yo‘llarda qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati cheklanadi:

Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik-Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha.

Temur Malik-Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk ipak yo‘li-Shukur Burxonov ko‘chalari chorrahasigacha.