$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qish g‘amini yozda ye” – Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi

pg

“Qish g‘amini yozda ye” – Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi 

Bu yilgi kuz-qish mavsumi uchun 14 trillion so‘m ajratilib, 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxiralari yaratish ko‘zda tutilgan.

Prezident topshirig‘i

10-iyun kuni prezident Mirziyoyev energiya resurslaridan foydalanish va energetika obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash mavzusida videoselektor o‘tkazdi va bir necha muhim topshiriqlarni berdi. bu ha ida prezident matbuot xizmati Telegram kanalida ma’lumot berdi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4290).

1000 ta obyektning tayyorgarligi yaxshilanadi

Davlat rahbari 1000 ta muhim obyektni kuz-qish mavsumi uchun tayyorlash bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi. Ularga 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha va 393 ta maktab hamda maktab-internatni ta’mirlash buyurildi. Undan tashqari, yana 580 ta maktab va 169 ta bog‘chaning energiya samaradorligini oshirish rejaga kiritildi.

Energiyaning yangi tizimi ishga tushadi

Yig‘ilishda energiya bo‘yicha yangi tizimda ishlash ham belgilandi. Unga ko‘ra:

- yiliga kamida 4 mln kilovatt elektr yoki 375 ming kub metr gaz sarflaydigan yirik iste’molchilar har uch yilda energiya auditidan o‘tadi;

- Energoinspeksiya har yili yirik iste’molchilar ro‘yxatini e’lon qilib boradi;

- auditdan o‘tmagan korxonalarga gaz va elektr oshirilgan tarifda yetkaziladi.

14 trln. so‘m ajratiladi

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 14 trillion so‘m, o‘tgan yilgi 14 trillionga qo‘shimcha sifatida ajratiladi. Xodimlarga eng ahvol og‘ir bo‘lgan mahallalardan boshlab 30 ming kilometr tarmoq va 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi yuklatildi. Qo‘shimchasiga, 4 gigavattlik elektr stansiyalarini ishga tushirish, 11 ta quyosh va 3 ta shamol stansiyasini qurish ham rejalashtirildi. Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta’mirlash, 595 kilometr elektr tarmog‘i va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish ham ko‘zda tutilmoqda.

1 million tonnadan ortiq ko‘mir

Yil yakunigacha 1 million 200 ming tonna, 1-oktyabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut yetkazib berish vazifasi ham yuklatildi. Oktyabr-dekabr oylarida aholiga 163 ming tonna suyuq gaz topshiriladigan bo‘ldi. Undan tashqari, viloyat hokimlariga 300 dan ortiq mahallaga ko‘mir, suyuq gaz va turli oziq-ovqatlari zaxiralarini yaratish vazifasi berildi.

Теги :
Jamiyat