$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

AQShning “Tolibon”ni moliyaviy qo‘llashi “xavfli oqibatlarga” olib kelishi mumkin

“Tolibon”

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’udning ma’lum qilishicha, “Tolibon” AQSH puliga jihod maktablarini qurmoqda.

Moliyaviy qo‘llov

Amerikalik jurnalist Shon Rayan bilan suhbatda Mas’ud “Tolibon” Amerika pullaridan foydalanish uchun 900 ta nodavlat tashkilot tuzganini aytgan. U Amerikaning “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonga moliyaviy yordamini davom ettirishi “xavfli oqibatlarga” olib kelishidan ogohlantirgan. Milliy qarshilik fronti yetakchisiga ko‘ra, Amerika ko‘magida toliblar narkotrafikni hisobga olmaganda yiliga yarim milliard dollarga yaqin daromad olishga muvaffaq bo‘lgan.

Qonun loyihasi

Shuningdek, u xorijlik harbiylar Afg‘onistonga mashg‘ulot o‘tkazish uchun kelib, yana chiqib ketishlarini ham ta’kidlagan. Biz xorijlik jangchilar qayerga ketayotganini bilmaymiz, deya qo‘shimcha qilgan u. Aksar amerikalik rasmiylar AQSHning Afg‘onistondagi “Tolibon”ga bergan yordami behuda ketayotganidan xavotir bildirgan. Ushbu xavotirlarga javoban AQSH Kongressi Vakillar palatasi joriy oy boshida “Tolibon”ga moliyaviy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullagan.