$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tolibon” G‘arb mamlakatlaridan tovon puli undirmoqchi

Tolibon

Afg‘onistonning “Tolibon” harakati vakili Zabihullo Mujohid G‘arb mamlakatlaridan ularning harbiylari tomonidan zarar ko‘rgan afg‘onlar foydasiga tovon to‘lashni talab qildi.

“Barcha harbiy jinoatlar qasddan sodir etilgan”

Mujohidning aytishicha, G‘arb davlatlari “o‘zlarining harbiy bosqini davrida zulm va jinoyatlarga duchor bo‘lgan” afg‘onlarga tovon to‘lashi shart. U “Tolibon” hukumatidagi tegishli idoralar Afg‘onistonda jabrlangan barcha fuqarolarning huquqlari himoya qilinishiga erishishini ta’kidladi.

Britaniya harbiylari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga izoh berar ekan, hukumat vakili “bosqinchi mamlakatlarning barcha harbiy jinoyatlari qasddan sodir etilgani”ni qayd etdi.

Harbiy missiya ortidan tergov harakatlari

Buyuk Britaniyada 2023-yilda BBC teleko‘rsatuv korporatsiyasi tomonidan o‘nlab odamlarning o‘ldirilgani haqida xabar berilganidan so‘ng, Britaniyaning Afg‘onistondagi harbiy xizmatchilari tomonidan 2010-2013-yillarda sodir etilgan harbiy jinoyatlar bo‘yicha ommaviy tergov boshlandi. Tergov Birlashgan Qirollikning harbiy-siyosiy rahbariyati Afg‘onistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida suddan tashqari qatllarni yashirgan-yashirmaganini aniqlashga qaratilgan.

Harbiylar tinch aholini ham o‘ldirgan

8-yanvar kuni The Daily Telegraph gazetasi noma’lum britaniyalik zobitning bayonotiga asoslanib, Buyuk Britaniyaning Maxsus havo-desant xizmati (Special Air Service, SAS) bo‘linmalaridan birining harbiy xizmatchilari barcha jang qilishga qodir afg‘on erkaklarini, shuningdek 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni, hatto ular xavf tug‘dirmasa ham, ataylab o‘ldirgani haqida ma’lumot berdi.

Теги :
Jamiyat