$
 12793.38
-10.43
 13595.52
-81.51
 130.73
0.09
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘onistonda hokimiyat uchun kurashdagi ziddiyatlar yanada kuchaymoqda

Akhundzada vs Haqqani

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda “Tolibon” rahbari Haybatulloh Ohundzoda va ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaygan. Ohundzoda tomonidan joriy etilgan foto va video taqiqlari afg‘on jamiyatida katta munozaralarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bunga javoban Haqqoniy va uning tarafdorlari ko‘plab surat va videolarni tarqatishda davom etmoqda. Bu o‘z-o‘zidan uning rahbarlikka intilishlari va yangi cheklovlarga bepisandligini ko‘rsatadi.

 “Norozilik ovozi” 

Siyosiy sharhlovchilarning fikricha, Haqqoniyning New York Times nashriga bergan intervyusi xalqaro hamjamiyatda katta e’tiborni tortgan. Ushbu intervyu orqali Haqqoniy o‘zini “Tolibon” ichidagi “norozilik ovozi” sifatida ko‘rsatib, kelajakda yuqori rahbarlik lavozimiga intilayotganini namoyish etgan. Haqqoniy xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni o‘rnatishga harakat qilib, “Tolibon” ichida o‘z mavqeini mustahkamlashga intilyapti. 

Sirojiddin Haqqoniyning intervyusi

Sirojiddin Haqqoniy The New York Times ga bergan maxsus intervyusida hozirgi Afg‘oniston hukumati birligini ta’kidlagan va hech qanday bo‘linish yo‘qligini qayd etgan. “Tolibon” rahbariyati yagona qonun va yagona yetakchiga ega mustaqil hukumat tuzdi. Hozir Afg‘oniston uchun birlik muhim, shunda bizda tinch davlat bo‘ladi”, degan u. Nashrga ko‘ra, “Tolibon” hukumati dunyo, jumladan, G‘arb bilan munosabatlarni o‘rnatishda nozik chiziqda muvozanat saqlamoqda. Haqqoniy, shuningdek, G‘arbni eng ko‘p tashvishga solayotgan masalaga javob bergan. Unga ko‘ra, qizlarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiq abadiy davom etmaydi. “Hozirgi vaziyat qizlarga maktabga borish va ta’lim olishdan butunlay voz kechishini anglatmaydi. Afg‘onistonda hech qanday terrorchilik guruhlari yo‘q. Islomiy Amirlik mamlakatning har bir burchagini nazorat qiladi”, deydi u.

Haqqoniy tarmog‘ining mustaqillikka harakati

Ma’lumot uchun, Avvaldanoq Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatining mustahkamlanishi fonida turli fraksiyalar o‘rtasidagi ichki keskinlik tobora yaqqol namoyon bo‘lib borayotgan edi. Ekspertlarga ko‘ra, 20 yil davomida “Tolibon” bilan hamkorlikda eng shafqatsiz hujumlarni amalga oshirib, soyada harakat qilgan Haqqoniy tarmog‘i endilikda o‘z mustaqilligini e’lon qilishga urinayotgandi. So‘nggi voqealar rejim ichidagi manfaatlar to‘qnashuviga ishora qiladi. Haqqoniy tarmog‘ining mustaqil imijini shakllantirish Tolibon hukumati ichidagi mavqeini mustahkamlash strategiyasi bo‘lishi ham mumkin.

“Ishonchli diplomat

Afg‘onshunos olim Suhro Bo‘ronovning yozishicha, aslida Sirojiddin Haqqoniy Amerikaning sirli ma’lumotlarini ommaga chiqarish ishlarida ustasi farang bo‘lib ketgan ushbu nashr sahifalarida birinchi marta ko‘rinish berayotgani yo‘q. U toliblar Kobul hokimiyatiga kelishidan avvalroq ham Biz “Tolibon” nima istaymiz? sarlavhali maqolasi bilan The New York Times nashrining bosh sahifalarida paydo bo‘lgan. Qidiruvdagi "ashaddiy jinoyatchi"dan intervyu olinishi "kutilgan tasodif" o‘laroq qabul qilinishi mumkin bo‘lsa-da, uning avvalgi terrorchidan bugungi pragmatik davlat arbobi"ga aylantirilishini Amerikaning kutilmagan yurishi deb baholasa bo‘ladi. Hattoki, maqolada Sirojiddin Haqqoniy "ishonchli diplomat" sifatida ham tasvirlanishini ko‘rish mumkin. 

Siyosiy yetakchilik vorisligiga asosiy da’vogar

Xalqaro afg‘onshunos mutaxassislar Haqqoniy tarmog‘ining okean ortidagi yulduzli tog‘alari va arab monarxlari bilan aloqalari mustahkam ekanligini ko‘p bora ta’kidlab kelishadi. Sirojiddin Haqqoniy aynan mazkur intervyusida oilasi va o‘zining MRB bilan bog‘langan yashirin aloqalarini yashirib o‘tirmagan. Shundan kelib chiqilsa, gazeta sahifalarida qayd etilgan ishonch uning otasi Jaloliddin Haqqoniydan meros o‘tgan aloqalarni saqlab qolayotganiga ishora qiladi. Ushbu sirli shaxsning Amerika matbuotida qaytadan paydo bo‘lib qolishi “Tolibon” rahbariyatiga qandaydir xabar yo‘llash bilan bog‘liqdir ehtimol. Ammo, shunisi aniqki, Sirojiddin Haqqoniy “Tolibon” hokimiyatida siyosiy yetakchilik vorisligiga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi, — deb yozadi olim.

Теги :
Jamiyat