$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Kun davomidagi jismoniy faollik sport mashg‘ulotlari o‘rnini bosa oladi

jismoniy

Kun davomidagi jismoniy faollik sport mashg‘ulotlari o‘rnini bosa oladi. Bunday faoliyat qon bosimini normallashtirish va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashda samarali ekanligi ta’kidlangan.

Intensiv mashg‘ulotlar kundalik mashg‘ulotlar bilan bir xil foyda beradi

Ma’lum qilinishicha, ko‘pchilik uchun muntazam ravishda uzoq muddatli jismoniy mashqlar qilish har doim ham qulay emas. Lekin yangi tadqiqotga ko‘ra, kuniga atigi 5 daqiqa davomida yuqori intensivlikdagi faollik yurak va qon-tomir sog‘lig‘ini yaxshilash uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Olimlar turli yoshdagi insonlarning jismoniy faollik darajasini o‘rganib, qisqa muddatli, ammo intensiv mashg‘ulotlar uzoq davom etadigan mashqlar bilan deyarli bir xil foyda berishini aniqlashdi. Bunday faoliyat qon bosimini normallashtirish va yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashda samarali ekanligi ta’kidlangan.

Metrogacha tez yurish organizmda qon aylanishini yaxshilaydi

Qisqa jismoniy faollik sifatida quyidagilar tavsiya qilinadi:

Metrogacha chopish yoki tez yurish

Uyni energiya bilan tozalash

Ko‘chada yoki ofisda qisqa yugurish

Narvonda tez ko‘tarilish

Tadqiqot jarayonida faqatgina bir joyda o‘tirishdan ko‘ra, qisqa harakatlar hatto 30 daqiqalik klassik mashg‘ulotlar darajasida foyda berishi aniqlangan. Bu sog‘lom turmush tarzini saqlashga vaqt topishda qiynalayotganlar uchun ajoyib yangilik.

Shuning uchun kundalik faoliyatingiz davomida qisqa fursatlarda intensiv mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishingiz bu tanangiz va ruhiyatingiz uchun foydali bo‘lishi mumkin.