$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi maishiy texnikalar elektrni ko‘p “yeydi”?

tok

Elektr tarmoqlari uchun to‘lov miqdori oshgach ko‘pchilikni shu savol qiziqtira boshladi. Shunday maishiy texnikalar borki, ulardan kun davomida qisqa fursatga foydalansangiz ham, juda ko‘p elektr energiyasi sarflaydi. Quyida qaysi texnikalar eng ko‘p tok “yeyishini” ko‘rib chiqamiz.

Isitkich va konditsioner

Qishning sovuq kunlarida vaqtincha foydalaniladigan isitkichlar juda ko‘p energiya sarflaydi. Qurilma soatiga taxminan 1500 vatt quvvatda ishlaydi. Shu jumladan konditsioner ham.

Idish yuvish mashinasi

Bugungi kunda idish yuvish mashinasi eng qulay qurilmalardan bo‘lib, vaqtingizni tejashga xizmat qiladi, ammo mazkur texnika sizga qimmatga tushishi mumkin. Bu qurilma nafaqat maxsus yuvish vositalarini, balki ko‘p elektr energiyasini ham talab qiladi — har soatda taxminan 1350 vatt energiya ketadi.

Fen

Soch quritkichdan uzoq vaqt foydalanish ham soatiga 1000 dan 1875 vattgacha energiya sarf qiladi. Fen xarid qilishdan avval ushbu parametrga e’tibor berishni unutmang.

Dazmol

Kiyimlaringizni dazmollash ko‘p energiya talab qilmasligi mumkin, lekin dazmolning o‘zi soatiga taxminan 1200 vatt quvvat sarflaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan dazmollashni talab qiladigan choyshablar va murakkab kiyimlarni dazmollasangiz, bu energiya hisobingizga ta’sir qilishi mumkin.

Toster

Nonni qizartirib olish yoki pitssani isitish bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo o‘sha paytda juda ko‘p energiya sarf etiladi. Toster soatiga taxminan 1150 vatt elektr energiya iste’mol qiladi.

Havo namlagich

Havo namlagichlar quruq havoda ishlatish uchun juda yaxshi texnika, lekin agar u energiya tejaydigan model bo‘lmasa, har soatda 1000 vattgacha quvvat ketishi mumkin.

Mikroto‘lqinli pech

Mikroto‘lqinli pechlar turli quvvat darajalarida ishlaydi, o‘rtacha model 600 dan 1500 vattgacha energiya iste’mol qiladi. Ayniqsa muzlagan go‘shtni eritish vaqtida ko‘p miqdorda tok ketadi.

Kofe qaynatkich

Har kuni ertalab qahva ichishni yoqtirsangiz, uni tayyorlash uchun qancha energiya kerakligini bilishingiz lozim. Qahva qaynatgich soatiga o‘rtacha 600 dan 1200 vattgacha elektr energiya sarflaydi.

Changyutkich

Mikroto‘lqinli pech singari changyutkich ham modeliga qarab o‘rtacha 300 dan 1000 vattgacha energiya iste’mol qiladi.

Elektr choynak

Agar elektr choynakni kuniga 3-4 marta yoqsangiz, u holda sizga 600-700 vatt kerak bo‘ladi, lekin butun oila uni to‘xtovsiz ishlatsa, ko‘rsatkichlar ikki yoki uch baravar yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik suvni qayta isitmaslik uchun qolgan qaynoq suvni termosda saqlashni afzal ko‘radi.

Теги :
Jamiyat