$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yildan yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi

tizim

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-dekabrdagi qaroriga binoan, kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyoti sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Ushbu chora-tadbirlar kasb-hunar o‘rganuvchi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini real hayotdagi amaliy tajriba bilan mustahkamlashni maqsad qilgan.

Yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi

Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyoti o‘rniga yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi;

ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydigan o‘quvchilarga tegishli tashkilotlardagi malakali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktiriladi;

o‘quvchilarning amaliyot jarayonida egallangan amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar bilan birgalikda baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Amaliyot dasturlari tarmoqlarga moslashtiriladi

Shuningdek, qaror bilan “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ham tasdiqlandi. Nizom:

amaliyot dasturlarini tegishli tarmoq va soha korxonalari (tashkilotlari) bilan kelishilgan holda ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

amaliyotni tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish;

kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilarning amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalarini belgilaydi.

“Ustoz” tizimi Germaniya tajribasi asosida rivojlantiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish;

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga korxonalardan (tashkilotlardan) tajribali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktirilishini ta’minlash;

korxonalardan (tashkilotlardan) biriktirilgan “ustoz”lar uchun ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Germaniya tajribasi” asosida masofaviy (onlayn) o‘quv kurslarini tashkil etish;

har yili 1-oktabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilgan korxona (tashkilot)lar bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash yuzasidan shartnomalar tuzish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududdagi korxonalarning (tashkilotlarning) mavjud imkoniyatlari va takliflari asosida doimiy ravishda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzishda kasbiy ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi.

Теги :
Jamiyat