$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Elektron shaklda sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi belgilanmoqda

sug

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi. Prezidentning 1-martdagi qaroriga muvofiq barcha turdagi sug‘urta shartnomalari va sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilmoqda.

Yagona axborot tizimida barcha turdagi sug‘urta shartnomalari ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Ma’lum qilinishicha, barcha turdagi sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish bekor qilinishi munosabati bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

U quyidagilarni belgilaydi:

Yagona axborot tizimi orqali barcha turdagi sug‘urta shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini rasmiylashtirish tartibi;

Sug‘urtalovchilar tomonidan Yagona axborot tizimidan foydalanish talablari va shartlari;

Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining ko‘rsatmalariga muvofiq huquqbuzarliklarni bartaraf etish davrida undan foydalanishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib turish va boshqalar.

Sug‘urtalash jarayoni soddalashtiriladi

Shuningdek, yangi tartib sug‘urta mukofotlarini hisoblashni avtomatlashtirish orqali majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish jarayonlarini soddalashtiradi, sug‘urtalovchini tanlash huquqi bilan shartnomalarni elektron shaklda majburiy tuzish imkoniyatini ta’minlaydi, shuningdek sug‘urta da’volarini tartibga solishni nazarda tutadi.

Agarda sug‘urta polislari Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, ular haqiqiy emas deb hisoblanadi va bu sug‘urtalovchining litsenziya talablari va shartlarining bir martalik qo‘pol buzilishi deb e’tirof etiladi.

Sug‘urta polisi yagona tizim orqali avtomatik rasmiylashtiriladi

Shuning bilan birga, sug‘urta shartnomasi yagona tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan va sug‘urta mukofoti to‘langani sug‘urtalovchi tomonidan elektron tarzda tasdiqlanganidan so‘ng sug‘urta polisi yagona tizim orqali avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi. Bunda, birgalikda sug‘urta qilish shartnomalarida sug‘urta mukofoti to‘langani sug‘urtalovchi tomonidan elektron tarzda tasdiqlanadi.

Sug‘urtalovchilar hamda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga kelib tushgan sug‘urta da’volarining hisobi yagona tizimda yuritiladi. Sug‘urtalovchi sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan arizachini xabardor qiladi va keyingi ish kunidan kechiktirmay yagona tizimda ijro holatini belgilab ijro hujjati nusxasini yuklaydi.

Hujjatda qayd etilishicha, vakolatli davlat organining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish mumkin. Ushbu nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.