$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Rossiya Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifi qoldirildi

Lavrov

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ma’lum qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov joriy yilning 28—29-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi va u Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi rejalashtirilayotgandi. Biroq tashrif qoldirildi.

Baxtiyor Saidov bilan kelishuv

Qayd etilishicha, bugun, 26-oktyabr kuni Lavrov O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan telefon suhbatida tashrif rejalari o‘zgargani sababli, 2829-oktyabrga mo‘ljallangan Toshkentga safarini boshqa muddatga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Ikki davlat yetakchilari tomonidan qabul qilingan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish niyati tasdiqlandi”, deyiladi xabarda. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham rossiyalik mavqedoshi bilan telefonda gaplashganini va bo‘lajak tadbirlar jadvalini muhokama qilganini tasdiqladi.

Tashrif maqsadi

Rossiya TIV rasmiy vakili Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida asosiy e’tibor Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishga qaratiladi, xususan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu nuqtai nazardan, ikki tomonlama kun tartibi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. 

Yevrosiyo integratsiyasi

Rossiya TIV rasmiy vakili uchrashuvda “O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomini hisobga olgan holda Yevrosiyo integratsiyasi jarayonlarini diplomatik qo‘llab-quvvatlashi” alohida mavzu bo‘lishini aytadi. Lavrov tashrifi davomida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan suhbati rejalashtirilgan.