$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Tibbiyotda yana bir yutuq: Endi infarktdan so‘ng yurak faoliyatini qayta tiklash mumkin

Tibbiyot

Buyuk Britaniyada chop etiladigan “Nature Cardiovascular Research” xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, endi infarktdan so‘ng yurak faoliyatini qayta tiklash mumkin

Organizmdagi oqsil to‘qimasi salomatlik tiklanishiga yordam beradi

Ma’lum qilinishicha, yurak xurujini o‘tkazgan bemorlarda ko‘pincha kasallikdan so‘ng zararlangan mushaklar o‘rni chandiq bilan qoplanadi. Bu esa yurakning organizmga qon haydash qobiliyatini zaiflashtiradi va yurak yetishmovchiligini yuzaga keltiradi. Inson tanasidagi GPNMB oqsili esa infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishida muhim rol o‘ynaydi. Olimlar tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba jarayonida suyak ko‘migining immun hujayralari GPR39 molekulasi bilan birgalikda yurak faoliyatini tiklashga yordam beruvchi GPNMB oqsili ishlab chiqarishi ma’lum bo‘ldi.  

Ushbu yangilik tibbiyotda yangi dori ishlab chiqarilishi uchun qo‘llaniladi

Tajriba jarayonida quyidagi tahlillar qo‘lga kiritildi: infarktdan keyin bir oy o‘tgach, GPNMB oqsilidan mahrum bo‘lgan hayvonlarning 67 foizida yurak sohasida kuchli chandiqlar kuzatildi. Oqsil darajasi me’yorida bo‘lgan jonivorlarda esa bu ko‘rsatkich atigi 8 foizni tashkil etdi. Olimlarning xulosasiga ko‘ra, ushbu yangilikdan yurak xuruji asoratlarini bartaraf etuvchi yanada samarali dori vositalarini yaratishda foydalanish mumkin.