$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda Tez yordam”ga kuniga 36 mingdan ortiq chaqiruv kelib tushadi

Tez yordam Foto: Daryo

Kutilmaganda sodir bo‘ladigan har qanday ko‘ngilsiz hodisa inson hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi turgan gap. Tabiiyki, bunday pallada eng birinchi bo‘lib “Tez yordam” xodimlari bemor uchun ko‘makka oshiqadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilning o‘tgan 9 oyi davomida “103” xizmatiga kelib tushgan chaqiriqlar haqida ma’lumot berdi.

9 oyda 10 millionga yaqin murojaat

Shu yil yanvar–sentyabr oylarida “Tez yordam”ga mamlakatimiz bo‘yicha jami 9 million 958 ming 507 ta murojaat qayd etildi. Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 7 million 107 ming 703 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 2 million 531 ming 699 ta va tug‘uruqlar – 64 ming 446 tani tashkil qildi.

Eng ko‘p murojaatlar qaydi hududdan kelib tushadi?

Eng ko‘p murojaatlar:

  • Farg‘ona viloyati — 1 040 546 ta;
  • Andijon viloyati — 1 013 131 ta;
  • Toshkent shahri — 1 007 327 ta;
  • Toshkent viloyati — 933 600 ta;
  • Namangan viloyati — 905 000 ta qayd etilgan.

Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (296 046 ta), Sirdaryo viloyati (335 010 ta), Jizzax viloyati (399 342 ta) va Buxoro viloyatida (482 325 ta) hamda Xorazm viloyatida (489 761 ta) kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 853 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda.

Теги :
Jamiyat