$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fargʻonada “Hizb at-tahrir al-islomiy”ning faol a’zosi qoʻlga olindi

Kishan

Oltiariq tumanida yashovchi Abdumutal Abdurahimov “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy terroristik tashkilotining faol a’zosi boʻlgan. Bagʻdod tumani sudi uni 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. 

 Sodiqlik qasamyodi


Islom dini tinchlik-omonlik dini boʻlib, insonlarni ezgulikka, poklikka, ahil-inoq yashashga undaydi. Biroq ba’zi kimsalar oʻzlarining gʻarazli niyatlari yoʻlida ushbu poklik dinini niqob qilib olib odamlar ongiga dinning mavjud boʻlmagan qonun-qoidalarini singdirishga urinadilar. Oltiariqlik A. Abdurahimov ham shunday kimsalar ta’siriga qoʻshib qoladi. U Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan chogʻida islom diniga qiziqishi tufayli internet orqali turli ma’ruzalarni, xususan “Hizb at-tahrir al-islomiy” diniy ekstremistik oqimining aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan video va audio materiallarni eshitib, ularning ta’sirida ekstremistik gʻoyalarga beriladi. Keyinchalik u ushbu harakatga a’zo bo‘lib, ularning kitoblaridan virtual ta’lim oladi, mazkur diniy tashkilotga sodiqlik qasamyodini qabul qilgach, oylik daromadidan a’zolik badali to‘lab kelgan. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda diniy oqimning g‘oyalarini faol targ‘ib qilish bilan ham shugʻullangan. 

Voqealar rivoji

Oltiariq tumaniga qaytib kelgach, Telegramda turli guruhlarni tashkil qilgan hamda o‘zining tanishlarining profillarini bu guruhga qo‘shgan. A. Abdurahimov aqidaparastlik g‘oyalaridan saboq berib kelgan. Shuningdek, u faoliyatini davom ettirib, bir necha shaxslarni ham guruhiga jalb etib diniy oqimning materiallarini tarqatgan.  

Qilmishlari fosh boʻldi

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning ma’lum qilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida A. Abdurahimovning qilmishlari fosh bo‘ldi. Uning telefonidan olingan ashyoviy dalillar diniy oqimning materiallari ekanligi tasdig‘ini topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bag‘dod tuman sudining hukmiga ko‘ra, u 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.