$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshshahartransxizmat” AJning tender savdolari natijalari bekor qilindi

tender

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Toshshahartransxizmat” AJning tender savdolari natijalarini bekor qildi.

Tenderda 6 ta talabgor kompaniya ishtirok etgan

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan belgilangan tartibda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2024 yil 24 sentyabrda “Transportni boshqarishning intellektual tizimi uchun texnik jihozlarni sotib olish” bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Tenderda ishtirok etish uchun 6 ta talabgorlar tomonidan taklif hujjatlari taqdim qilingan va “Xiamen Magnetic North Technology Co. Ltd” 33,6 mlrd. so‘mlik taklif narxi bilan g‘olib deb topilgan.

Qonunbuzilish holatining oldi olingan

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mazkur tenderda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinmaganlik alomatlari aniqlanganligi sababli tekshirish yakuniga qadar, tenderda g‘olib deb topilgan tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma ikki tashkilotning o‘zaro kelishuviga asosan bekor qilindi va qonunbuzilish holatining oldi olindi.