$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistonliklar Xitoyga poyezdda borishi mumkin bo'ladi

Vokzal

Joriy yilninng 6-iyun kuni Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar murojaat yo'llashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. Bitimning imzolanish marosimi munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ham o‘z murojaatlarini yo‘llagan.

Mahsulotlarni yetkazish 7 kunga qisqaradi

Bitimga muvofiq, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li Qashg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘ylab o‘tadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, yuk tashish yillik hajmi 15 million tonnagacha yetishi mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, tovarlarni yakuniy iste’molchilarga yetkazish muddati ham endilikda 7 kunga qisqarishi kutilmoqda.

Теги :
Iqtisodiyot