$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yuk poyezdining vagonlari yo‘ldan chiqib ketdi

Temiryo

Joriy yilning 18-may kuni " Angren shahrining "Chirchiq savdo baraka" firmasiga tegishli bo‘lgan shahobcha temir yo‘lida sodir bo‘lgan.

"Lebyodka" ishlash texnologiyasiga rioya qilmagan

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 18-may kuni "Chirchiq savdo baraka" firmasiga tegishli bo‘lgan shahobcha temir yo‘lida sodir bo‘lgan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning xabarida aytilishicha, bu yerda "BN Grain and oil group" MCHJ xodimlari ushbu vagonlardan yuk tushirish vaqtida, temir yo‘l qurilmasi "lebyodka" ishlash texnologiyasiga rioya qilmagan. "Lebyodka" – temir yo‘l vagonlarining omborlar va binolar yaqinidagi yuklash va tushirish joylarida harakatlanishi uchun mo‘ljallangan.

Hodisa qanday sodir bo‘lgandi?

Shu munosabat bilan, mazkur yuk vagonlarini tushirish vaqtida yuqoridagi tashkilot xodimlari lebyodka yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olishga uringan, qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boshlagan. Vaziyat davomida “BN Grain and Oil Group” MChJ xodimlari vagonlar harakatini to‘xtatishga urinib ko‘rishgan va natijada ikkita vagon (№95547865 va 95045464) g‘ildiraklaridan butunlay chiqib ketgan, yana beshta (№95407581, 95715165, 95404547, 95046207 va 95077327) yon tomonga ag‘darilib ketgan. Hodisaning sababi qo‘shimcha qurilma – "lebyodka" yordamida ishlash texnologiyasining buzilishi sifatida aniqlandi.