$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

200 milliardlik aksiyalar: “O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning 35 foiz aksiyalari xususiylashtirildi

Konteyner

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining bir qismi xususiylashtirilganini e’lon qildi.

Aksiyalar kimga nasib qildi?

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibiga kiruvchi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” korxonasining 35 foiz aksiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan savdolarda 200 milliard so‘m taklif etgan Cotton Logistics kompaniyasi g‘olib chiqdi. Qayd etilishicha, xaridorning taklifi “korxonaning baholangan qiymatidan yuqori.

6 nafar xalqaro va mahalliy investor tomonidan qiziqish

Agentlik ma’lumotlarida keltirilishicha, kelishuvni qo‘llab-quvvatlagan Alkes Research konsalting kompaniyasi turli potensial investorlarga investitsiya tizerlarini yuborgan. Natijada MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va arab davlatlaridagi 6 nafar xalqaro va mahalliy investor tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushgan.

Keyingi bosqichga 5 nafar talabgor o‘tgan va faqat 3 nafari o‘z takliflarini taqdim qilgan.

To‘lov tavsilotlari yo‘q

Ma’lum qilinishicha, Cotton Logistics kompaniyasi korxonaning biznes jarayonlarini raqamlashtirish va respublikaning tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, yuk tashishda tannarx va xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirishni ta’minlash rejalashtirilgan.

Davaktiv to‘lov qanday shaklda, to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirilishi haqida ma’lumot bermagan.

Xususiylashtirish bosqichi

Spot’ning keltirishicha, prezident tomonidan 2023-yil bahorida tasdiqlangan xususiylashtirish dasturida O‘TYning “O‘ztemiryo‘lkonteyner”dagi ulushi sotilishi ko‘rsatilgan. Konteyner parki operatori aksiyalarining 4 foizini “Xalqchil IPO” orqali sotish rejalashtirilgan.

Aksiyalarni sotib olish uchun arizalarni qabul qilish o‘tgan yilning sentabr oyida boshlangan. Biroq oradan bir oy o‘tmay, DABA O‘TYni qayta tashkil etish jarayoni davom etayotgani sababli uning tarkibida “O‘ztemiryo‘lkonteyneri” negizida “Temiryo‘lkargo” kompaniyasi tashkil etilishi munosabati bilan jarayonni to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, 2023-yilda “O‘ztemiryo‘lkonteyner”ning sof foydasi 137,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Теги :
Jamiyat