$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Temir yo‘li

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Yangi temir yo‘l Yevroosiyo kontinental ko‘prigining janubiy tarmog‘iga aylanadi va Janubi-Sharqiy, G‘arbiy Osiyo va Yaqin Sharq, jumladan Turkiya, keyin esa Yevropa Ittifoqi bozorlariga yo‘l ochadi.

Savdo aloqalari

"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li loyihasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida rejalashtirilgan bo'lib, loyiha Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni temir yo‘l orqali bog‘lashni ko‘zda tutadi va ushbu uch davlatning iqtisodiy va savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.