$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Telegram foydalanuvchilari milliardga yaqinlashmoqda

Telegram

Telegram asosiy foydalanuvchilaridan biri bo‘lgan Rossiyada keng tarqalgan. Uni, shubhasiz, O‘zbekistonning ham asosiy messenjeri deya olamiz. Mamlakatda nafaqat shaxsiy muloqotlar, balki korxonalar va tashkilotlar ham Telegramdan faol foydalanishadi. Ko‘plab davlat tashkilotlari va media nashrlari Telegram kanallari orqali o‘z axborotlarini tarqatishadi.

Telegram

Mashhur platformalar asoschisi 2013-yilda Telegram messenjeriga asos soladi. Telegram dastavval xavfsizlik, maxfiylik va tezkorlikka alohida e’tibor qaratadigan messenjer sifatida tanilgan. Platforma bugungi kunga kelib dunyoning eng mashhur messenjerlaridan biriga aylangan va milliardlab foydalanuvchilarga ega. U foydalanuvchilarning xabarlarini shifrlaydi, bu esa ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi. 

Telegram geografiyasi

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Telegram asosiy foydalanuvchilaridan biri bo‘lgan Rossiyadan tashqari O‘zbekistonda ham yaxshigina mashhurlikka erishgan. O‘zbekistonda Telegram odamlar o‘rtasida kundalik muloqot, yangiliklar tarqatish va biznes uchun keng qo‘llaniladi. Ko‘plab davlat tashkilotlari va media nashrlari Telegram kanallari orqali o‘z axborotlarini tarqatishadi. Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Braziliya fuqarolari ham Telegramdan keng foydalanadilar. Bu mamlakatda Telegram yangiliklar va ijtimoiy faollik uchun asosiy vositalardan biri hisoblanadi. 

Pavel Durov kim?

Pavel Valerevich Durov — rossiyalik tadbirkor, dasturchi va ijtimoiy media platformalarning asoschisi. U 1984-yilning 10-oktyabrida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida tug‘ilgan. Durov VKontakte (VK) ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri bilan tanilgan. U hukumat nazorati va senzuraga qarshi qat’iy pozitsiyada turib, o‘zining platformalarida foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoya qilishga harakat qiladi. Pavel Durov Rossiyadan chiqib ketgan va turli mamlakatlarda yashagan. U ko‘pincha turli davlatlarda vaqt o‘tkazadi va o‘zining biznesini xalqaro darajada olib boradi. Yaqinda u o‘z messenjeri haqida bir ma’lumotni ochiqladi. “Telegramdan oyiga 950 million inson foydalanadi. Bahorda ushbu ko‘rsatkich 900 million edi, messenjer milliard faol foydalanuvchiga yaqinlashmoqda“, — dedi Pavel Durov.