$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mobil telefonlar infeksiyalar manbaimi?

ttt

Shamollash va gripp mavsumida odamlar o‘z sog‘lig‘ini qanday himoya qilish haqida ko‘proq o‘ylashadi. Rossiyalik pediatr va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Yevgeniy Timakov mobil telefon infeksiyalar va viruslarning tarqalishi nuqtai nazaridan qanchalik xavfli ekani haqida ma’lumot berdi.

Potensial virus manbai

Ba’zi odamlar mobil telefonlar bakteriyalar uchun haqiqiy ko‘payish maydoni ekaniga ishonishadi, chunki ko‘pchiligimiz kun davomida gadjetlarimizdan ajralmaymiz va hatto ularni yonimizga yostiqqa qo‘yib yotamiz.

Yevgeniy Timakovning ta’kidlashicha, biz teginadigan har qanday narsa — eshik tutqichlari, qalamlar, sumkalar va telefonlar va boshqalar infeksiyaning potensial manbai hisoblanadi. Biroq, mutaxassisning ta’kidlashicha, eng xavflisi telefondan chiqadigan elektromagnit nurlanishdir.

“Agar u tunda yoningizda zaryad olayotgan bo‘lsa, batareyani qizishi va portlash xavfidan tashqari, unda bakteriyalar ham bo‘ladi. Lekin bu bakteriyalar sizniki, chunki siz doimo telefondan foydalanasiz. Ya’ni smartfonlar biz o‘ylaganchalik xavfli emas", deydi shifokor.

Telefon qanchalik xavfli?

“Biz aksirganda yoki yo‘talganda viruslar uchib ketadi. Manba — biz tegib ketgan va birga ovqatlangan kasal odam yoki uning atrofidagi narsa, masalan, rezavorlardan ichak infeksiyasini yuqtirib olishingiz mumkin. Telefon iflos bakteriyalarga boy bo‘ladi, lekin agar siz unga tilingiz bilan tegishmasangiz, hech qanday yomon narsa bo‘lmaydi. Agar telefondan foydalangandan so‘ng, qo‘llarni tozalab yuvsangiz, qurilma siz uchun xavfsizdir. U aksirmaydi va yo‘talmaydi", — ta’kidladi infesionist.

Yevgeniy Timakovning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya yuqishini oldini olish uchun qo‘llarni muntazam ravishda dezinfeksiyalash vositasi bilan davolash kerak.

Теги :
Jamiyat