$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Doimiy moliyaviy xavotir hissi insonga hayotdan zavq olishga to‘sqinlik qiladi

tejamkorlik

Bugungi kun odamlari vaqt va pulini tejash uchun dam olish maskanlariga,istirohat bog‘lariga borishmaydi. Ular tobora texnika va gadjetlarning quliga aylanib borishmoqda.  Psixologlar ta’kidlaganidek, bu holat insonlar hayotida tushkunlik, xavotir va haddan tashqari ehtiyotkorlikni kuchaytiradi. Har doim arzon va foydali narsalarni qidirish ortidan borayotgan insonlar ko‘pincha sifatli mahsulotlardan voz kechishga, vaqt va pulni kam sarflash maqsadida ko‘ngilochar tadbirlardan chekinishga majbur bo‘lishadi.

Tejamkorlikning ham oshig‘i zarar

Ma’lum qilinishicha, oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki turli xil xizmatlarning doimiy iqtisod qilish yo‘lida sifatsizini tanlash hayot sifatini tushirishi mumkin. Bu kabi doimiy tejamkorlik yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi, jumladan, yaqinlar bilan munosabatlarni ham yomonlashtirishi mumkin.

Moliyaviy xavotirning doimiy hamrohiga aylanishi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni sovuqlashtirib, oilaviy va ijtimoiy hayotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa insonni ma’naviy qiymatlarni unutib, faqat moddiy tomonga qaratib qo‘yadi.

Insonlar hayot go‘zalliklaridan bahra olmay yashab o‘tib ketishmoqda

Shuningdek, har doim tejash harakatida bo‘lish ko‘pincha kishi qalbidagi qoniqish hissini zaiflashtiradi. Psixologlar ta’kidlashicha, doimiy moliyaviy xavotir insonga kundalik hayotdan zavq olishga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, pulni hayotni boyitish uchun vosita sifatida ko‘rish, uning ortidan “hayot mazmuni”ni qidirishdan ko‘ra, har bir inson uchun muhim.

Shuning uchun pulni faqat tejash emas, balki uni qiymati sizni qniqtiruvchi va ma’naviy ongingizni ‘stiruvchi xomashyolarga sarf qilganingiz durust.