$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

5D kristall: 360 terabaytlik xotira chipi yaratildi

5D chip

Olimlar yaqinda juda noyob, "5D kristall" deb nomlangan yangi turdagi axborot saqlovchi materialni yaratishdi. Bu haqda bloger Alimoff o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

1 donasi 360 terabaytgacha ma’lumotlarni saqlaydi

Bu kichik tanaga o‘xshash kristallga juda katta miqdorda ma’lumotni joylashtirish mumkin. Masalan, uning 1 donasida 360 terabaytgacha ma’lumot saqlash mumkin bo‘ladi va uni buzish deyarli imkonsiz.

Kristall 1 000 gradus haroratga chidaydi

5D kristallning afzalliklaridan biri — uning yuqori haroratlar va tashqi ta’sirlarga nisbatan chidamliligi. U +1 000 °C gacha bo‘lgan haroratga, kosmik nurlanishga va har bir kvadrat santimetriga 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Shu sababli bu texnologiya kelajakda mustahkam va uzoq muddatli ma’lumot saqlash usuli sifatida ko‘rilishi mumkin.

Ma’lumotlarni saqlashda inqilobiy qadam

Kristallga birinchi bo‘lib inson genomi to‘liq ma’lumotlari yuklangani esa uning yozuv imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. Bunday texnologiya faoliyatini yillar davomida yo‘qotmasdan saqlab qolishi va ma’lumotlarni asrashda inqilobiy qadam bo‘lishi mumkin, deb yozadi Alimoff.