$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda davlat tashkilotlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Tashkilot

Yakunlanib borayotgan yilda bir qator davlat tashkilotlar faoliyati tugatilib, uning o‘rnini bosuvchilari tashkil qilindi. Shuningdek, qator davlat agentliklari bir davlat organidan ikkinchisiga o‘tkazildi. Shu bilan birga, yil davomida yangi davlat tashkilotlari ham tashkil topdi.  

Yoshlar ishlar agentligi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Yil boshida, 20-yanvar kuni imzolangan “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan chiqarilib, Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bundan avval, 2022-yilning dekabriga qadar yoshlar siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, sport siyosatini esa O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi yuritib kelgan, so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etilib, agentlik ushbu vazirlik huzuriga o‘tkazilgandi.

Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashki etilishi

Bundan tashqari prezident qarori bilan fevral oyida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi.

Unga ko‘ra, 2024–2026-yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi

14-martdagi prezident qarori bilan O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish borasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etildi va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida Savdo-sanoat palatasiga berildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko‘maklashish (eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish bundan mustasno) uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltirish hamda jamg‘arma mablag‘larini boshqarish huquqi kompaniyaga berildi.

“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, hukumat huzuriga o‘tkazildi

May oyiga kelib esa “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi tashkil etildi.

Unga ko‘ra, Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Shuningdek, Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Inspeksiya esa yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

MTAning tugatilishi

Shunindek, 2-iyulda “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatilgan.

Ma’lumot uchun, Maktabgacha taʼlim vazirligi o‘z faoliyatini “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq amalga oshirib kelayotgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Migratsiya agentligi tashkil etildi

Oktyabrga kelib prezidentning “Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

2025-yil 1-yanvardan agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi.

Agentlik zimmasiga u tomonidan o‘tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi maʼlumotlarni majburiy tartibda 5 kunda “Xorijda ish” elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.

Теги :
Jamiyat