$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston yoshlari ta’lim uchun qaysi yo‘nalishni tanlamoqda?

talabalar

Bugungi kunda o‘zbekistonlik yoshlarning xorijda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi ortib bormoqda. Statistika agentligi 2024-yil davomida oʻzbekistonlik talabalar o‘qish maqsadida qaysi davlatlarni tanlagani haqida ma’lumot berdi. Unga koʻra, oʻtgan yili oʻqish maqsadida chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolari soni jami 35,9 ming nafarni tashkil etdi.

Tojikiston eng ko‘p talaba qabul qilgan  

Statistikaga ko‘ra, Tojikiston 2024-yilda oʻzbekistonlik talabalar eng ko‘p yo‘l olgan davlat bo‘ldi. Bu davlatga jami 12 809 nafar talaba oʻqish maqsadida ketgan. Tojikistondan keyingi o‘rinda Rossiya va Qirg‘iziston joylashdi. Rossiyaga jami 8 629 nafar, Qirg‘izistonga esa 3 953 nafar o‘zbekistonlik talaba o‘qish uchun borgan.  

Turkiya va Koreya Respublikasi  

O‘zbekistonlik yoshlar orasida Turkiya (2 711 nafar) va Koreya Respublikasi (2 077 nafar) ham ommabop yo‘nalishlardan bo‘lgan. Bu davlatlar ta’lim sifatiga va turli imkoniyatlarga ega universitetlari bilan talabalarni jalb qilmoqda.  

Yevropa va boshqa davlatlar  

Yevropa davlatlari orasida Birlashgan Qirollik yetakchilik qilmoqda. Bu davlatga 792 nafar oʻzbekistonlik talaba o‘qishga borgan. Shu bilan birga, Xitoy (767 nafar), AQSH (576 nafar) va BAA (390 nafar) ham oʻzbekistonlik talabalarni qabul qilgan. 1 602 nafar talaba esa boshqa davlatlarda taʼlim olmoqda. 

2023-yilgi koʻrsatkichlar

Maʼlumot uchun, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasidan o‘qish maqsadida jami 30,4 ming nafar fuqaro chet elga yo‘l olgan. Ushbu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 952 nafarga yoki 3,2 foizga o‘sishni ko‘rsatadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar orasida eng ko‘p tanlangan davlat Tojikiston bo‘lib, u yerga 11 409 nafar fuqaro ketgan. 

Ikkinchi o‘rinda Rossiya joylashib, bu davlatga 7 301 nafar fuqaro o‘qishga borgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi ham mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu mamlakatni 2 845 nafar o‘zbekistonlik talaba tanlagan. Turkiya ham talabalarning diqqat markazida bo‘lib, u yerga 2 195 nafar fuqaro yo‘l olgan.

Теги :
Jamiyat