$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyo mehnat bozori o‘zbekistonliklar uchun yanada kengroq ochilmoqda

Mehnat bozori

3 oyda o‘zbekistonliklarga 46 mingdan ortiq xorijiy bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilingan.

Birinchi chorak xulosasi

Markaziy bank sharhida mehnat muhojirlarining xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishida asosiy to‘siq bo‘layotgan omillar ham sanab o‘tildi. Unda aytilishicha, ayni paytda, xorijiy davlatlar tomonidan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga bo‘lgan talab yuqori shakllanib kelmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakda xorijiy bo‘sh ish o‘rinlari soni 46 mingdan ortiqni tashkil qilgan.

Bozordagi talabning geografik kengayishi

Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik ishchi kuchlariga bo‘lgan talab geografik jihatdan ham kengayib bormoqda (Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, Vengriya, Belarusiya va boshqalar). “Xorijiy bo‘sh ish o‘rinlarida ma’lum ko‘nikma va malakalarga bo‘lgan talab muhojirlarning ishga joylashishida asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, xususan, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, migrantlarning malakasini hamda til bilish darajasini oshirish o‘rta muddatli istiqbolda mamlakatga qo‘shimcha mehnat dividendini oshirish imkonini beradi”, – deyiladi MB sharhida.

Pul o‘tkazmalaridagi vaziyat

Ta’kidlanishicha, 1-chorakda transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oshgan. Pul o‘tkazmalaridagi o‘sish esa mehnat muhojirlarini qabul qiluvchi asosiy mamlakatlardagi migratsiya oqimlari va valyuta kurslarining barqaror saqlanib qolgani bilan izohlanmoqda.