$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Olimlar o‘limdan keyin miya faoliyatini qayta jonlantirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi

miya

Xitoylik olimlar tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarda o‘limdan keyingi hayotga umid paydo bo‘lmoqda. Ular cho‘chqa miyasini o‘limdan 50 daqiqa o‘tgach qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu tajriba kelajakda tibbiyotda odamlarni ham o‘limdan so‘ng qayta tiriltirish imkoni borligiga ishonch uyg‘otmoqda. Tadqiqot EMBO jurnalida chop etilgan.

Miya o‘limdan 1 soat o‘tib qayta tirilgan

Ma’lum qilinishicha, tibbiyotda odamning yuragi to‘xtab qolganida uni qayta tiriltirish uchun 5-8 daqiqa vaqt borligi ma’lum, ammo xitoylik tadqiqotchilarning o‘tkazgan sinov tadqiqoti miya faoliyatini qayta ishga tushirish uchun qo‘shimcha vaqtni yutishga imkon beryapti.

Tadqiqot jarayoni davomida olimlar cho‘chqalar miyasida qon aylanish to‘xtaganidan deyarli bir soat o‘tgach faoliyatni qayta tiklashga muvaffaq bo‘lishgan. Xitoylik tadqiqotchilarning kutilmagan kashfiyoti tufayli ba’zi hollarda bu funksional holat bir necha soat davomida saqlanib qolgan.

Bu yutuq bemorda to‘satdan yurak to‘xtashi holatidan keyin miya faoliyatini qayta tiklash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, hodisa yurak to‘xtagandan keyin bemorlarni muvaffaqiyatli qayta tiriltirish uchun imkoniyatni kengaytirishi mumkinligini anglatadi.

Insoniyat o‘limni ham yengib o‘tishi mumkinmi?

Shuningdek, ushbu muvaffaqiyatga qon aylanishini jonlantirish va maxsus biotexnologiyalar yordamida erishilgan bo‘lib, tadqiqotchilar jigardan foydalanish orqali qon aylanishini tiklab, miya faoliyatini qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozircha bu tajribalar faqat laboratoriya sharoitida o‘tkazilyapti, lekin kelajakda tibbiyotda odamlarni ham o‘limdan so‘ng qayta tiriltirish imkoniyati mavjudligiga ishoradir.