$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ta’sirchan va tez yig‘laydigan kishilarda erta o‘lim xavfi 10 foizga yuqori bo‘ladi

toby magwaer

Kino va seriallarni ko‘rib yig‘laydigan insonlarda erta o‘lish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Bu olimlar o‘tkazgan tadqiqotlarda isbotlandi. Bunga asosiy sabab — nevrotizm darajasining yuqoriligi. Nevrotizm insonning hissiy barqarorligini buzib, salbiy holatlar: qo‘rquv, g‘am va bezovtalikni kuchaytiradi.

Erta o‘lim ehtimoli 10 foizga oshadi

Tadqiqotga ko‘ra, yuqori darajadagi nevrotizm barvaqt o‘lim ehtimolini 10% ga oshiradi. Ushbu turdagi odamlar ko‘pincha his-tuyg‘ularini nazorat qilishda qiynalishadi, kayfiyatlari tez-tez o‘zgarib turadi, yolg‘izlik va charchoq hissini tez-tez sezadilar.

Qanday yordam berish mumkin?

Nevrotizmning boshqa belgilari: tez-tez kayfiyat o‘zgarishi, do‘stlar bilan muloqot qilishda qiyinchiliklar, doimiy charchoq va yolg‘izlik hissi.

Atrofingizda bunday do‘stlar bo‘lsa, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim. Tushunish bilan yondashish va qo‘llab-quvvatlovchi muloqot qilish orqali ularning stressini yengillashtirish mumkin. His-tuyg‘ularini erkin ifoda qilishlariga imkon berish — ularga yordam berishning eng yaxshi yo‘li. Qadrlashingiz va tushunganingizni his qilish ularning kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.