$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fanga noma’lum minglab o‘simlik turlari mavjud boʻlgan 33 ta hudud aniqlandi

zamburug

Buyuk Britaniyadagi Royal Botanic Gardens tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotda dunyo bo‘yicha 33 ta hududda minglab o‘rganilmagan o‘simlik turlari yashiringani, shundan aksariyati yo‘qolib ketish xavfi ostida turgani qayd etildi.

Yuz mingdan ortiq oʻrganilmagan tur

New Phytologist jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bu hududlarda 100 000 dan ortiq o‘rganilmagan turlar o‘sishi, ularning ko‘pchiligi yangi dorilar ishlab chiqarish va boshqa innovatsiyalarni yaratish uchun kalit bo‘lishi mumkin. Biroq identifikatsiya jarayonining sekin sur’ati ularning mavjudligiga tahdid soladi — ko‘plab turlar kashf etilmasdan avval yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoldan xoli emas.

Qaysi hududlarda?

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday “qora dog‘lar”ning aksariyati Osiyo (Sumatra oroli, Himolay tog‘lari, Hindiston, Vyetnam), Afrika (Madagaskar, Janubiy Afrika) va Janubiy Amerikada (Kolumbiya, Peru, Braziliya) joylashgan. Bu mintaqalar biologik xilma-xillikning “issiq nuqtalari” bilan kesishadi — flora va faunaga boy bo‘lib, ular yo‘qolib ketish xavfiga ko‘proq uchraydi.

Royal Botanic Gardens ilmiy direktori, professor Aleksandr Antonellining so‘zlariga ko‘ra, bioxilma-xillik haqida to‘liq ma’lumotsiz tabiatni muhofaza qilish mumkin emas. O‘simliklarning yo‘q bo‘lib ketishi oldini olish va kelajak avlodlar uchun ekotizimlarni saqlab qolish uchun ularni tezroq aniqlash talab etiladi.