$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Nega ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki faqat qiz tug‘iladi?

chaqaloq

Buyuk Britaniyada ayrim oilalarda faqat o‘g‘il yoki qiz farzand tug‘ilishi borasida tadqiqot o‘tkazildi. Ushbu tadqiqotda 500 ming nafar britaniyalik qatnashdi va ularning biobank ma’lumotlari tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotchilar jinslar nisbatiga ta’sir qiluvchi yana ikki genni aniqlashdi.

Gendagi nukleotidli o‘zgarish qiz bola tug‘ilishi ehtimolini 10 foizga oshiradi

Ma’lum qilinishicha, dunyoda har yili taxminan teng sonli o‘g‘il va qiz bolalar tug‘iladi. Biroq, ayrim oilalarda faqat o‘g‘il, ba’zilarida faqat qizaloqlar dunyoga keladi. 

“Ushbu fenomen jarayonda ota-onalarning geni qanday rol o‘ynashi mumkinligidan qat’iy nazar tadqiqotchilar e’tiborini tortdi,”— deb ma’lumot bermoqda Proceedings of the Royal Society B: Biological Sciences nashri muxbiri.

Olimlar 500 ming nafar britaniyalikning biobank ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, rs144724107 genidagi bir nukleotidli o‘zgarish qiz farzand tug‘ilishi ehtimolini 10 foizga oshiradi. Biroq bunday o‘zgarish atigi 0,5 foiz ishtirokchidagina aniqlangan. Bu o‘zgarish spermatogenez va urug‘lantirishda ishtirok etuvchi ADAMTS14 geni yonida joylashgan.

Populyatsiyada bir jins vakillari ko‘p tug‘ilishni boshlasa, tabiiy tanlov ishga tushadi

Shuningdek, tadqiqotchilar jinslar nisbatiga ta’sir qiluvchi yana ikki gen — RLF va KIF20Bni aniqlashdi. Olimlarning fikriga qaraganda, xulosa chiqarishga erta, chunki bu genlarning turli xil xususiyatlarini yana bir necha marotaba tekshirish zarur.

Olingan ma’lumotlar Fisher prinsipi — evolyutsion biologiya nazariyasiga muvofiq keladi. Nazariyada nima uchun populyatsiyada jinslar nisbati teng saqlanib qolishiga javob berilgan. Agar populyatsiyada bir jins vakillari ko‘p tug‘ilishi boshlansa, tabiiy tanlov ishga tushib “kamyob” jins tug‘ilishini ko‘paytiradi va o‘rtadagi muvozanat tiklanadi.