$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadbirkorlik faoliyatiga qanday muammolar toʻsiq boʻlmoqda?

Tadbirkor

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini baholash va tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazildi. (https://t.me/ifmr_public/5402)

So‘rovda respublikaning barcha hududlaridan jami 4538 ta tadbirkorlik subyekti ishtirok etdi. 

Ishbilarmonlik muhiti

Tadqiqot quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:

Ishbilarmonlik muhiti. Ma'lumki, ishbilarmonlik muhiti ko'p jihatdan yer va infratuzilmaga, elektr va gaz ta'minotiga bog'liq. Shu bois ham davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o'tkazgan navbatdagi muloqoti chog'ida tadbirkor auksiondan yer sotib olganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash tizimi bekor qilinishi taʼkidlandi. 

Shuningdek, sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini 3 yildan 10 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. 

Elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qolishi belgilanmoqda. 

Oʻrtachadan yuqori – 75 foiz

Oʻtkazilgan so‘rov ham bu masalalarning juda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi. Unda ishtirok etganlarning 75 foizi biznes muhitini o‘rtachadan (6-10 ball) yuqori baholangan. 

Shuningdek, respondentlarning salkam 30 foizi yer olish bilan bog‘liq masalada, 27 foizi tabiiy gaz, 25 foizi elektr energiyasi ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelayotganini ma’lum qilgan. 

Moliyalashtirish

Endi tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasining filiali har bir viloyatda tashkil qilinadi. 

Mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi.

Bundan tashqari mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga joriy yildagi 1,6 trln. so‘mga qo‘shimcha 1 trln. so‘m resurs ajratiladi. Oʻtkazilgan soʻrov natijalari ham bu qarorning oʻz oʻrnida qabul qilinganini koʻrsatmoqda. 

Shunga koʻra, 2023-yilda tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini moliyalashtirishda asosan o‘z mablag‘lari (84,3 foiz) va bank kreditlari (47,6 foiz) dan foydalangan. 

Eksport faoliyati

Bu yoʻnalishda toʻsiqlarni bartaraf etish, tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun endilikda tarmoqlarni rivojlantirishga ajratilgan mablag‘ hisobidan 200 mln. dollar eksportoldi moliyalash uchun ajratiladi. 

Koʻrilayotgan bu chora eksport hajmini oshirishga sezilarli turtki berishi kutilayapti. Sababi so‘rovda qatnashgan eksport qiluvchi tadbirkorlarning 52 foizi eksport-import qoidalari, standartlashtirish va muvofiqlik talablariga amal qilishda muammo va qiyinchiliklar mavjudligini aytib o‘tgan. 

Shuningdek, kuchli raqobat (19 foiz), savdo cheklovlari (17 foiz), logistika, saqlash va tarqatish infratuzilmasi (14 foiz) ham eksport geografiyasini kengaytirishga to‘siq bo‘lmoqda.

Hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Joriy yilning 1-oktabridan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi, 1-yanvardan esa umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” shaklida qaytarib berilish maʼum qilindi.

Respondentlarning beshdan bir qismi norasmiy sektordagi raqobatchilarning biznes muhitiga salbiy ta’sirini ta’kidlagani e'tiborga olinsa, bu o'zgarishlar iqtisodiyotning rasmiy sektorini tadbirkorlar uchun jozibador qiladi. 

Shuni ham taʼkidlash joizki, tadbirkorlarning 70 foizi ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlaridan xabardorligi, ammo bu imtiyozlardan foydalanmagani ma'lum bo'ldi.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish

Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotning muhim bir omili ekanligi inobatga olingan holda endilikda chetdan uskuna va butlovchi qismlarni olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi belgilandi. 

Bunday chora-tadbirlarning ko'rilishi bejiz emas. MHTI tomonidan o'tkazilgan so'rovda qatnashgan respondentlarning 20 foizi zamonaviy texnologiyalarni import qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, 19 foizi esa mahalliy bozordan ular uchun ehtiyot qismlarni topish qiyinligini bildirgan.

Теги :
Jamiyat