$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Noqonuniy tadbirkorlik va o‘g‘rilik ishi

qum

Noqonuniy tadbirkorlik va o‘g‘rilik ishi

Qashqadaryoda fuqaro tabiiy boyliklarni talon-toroj qilgan hamda noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan.

Tezkor tadbirlar va o‘g‘rilik

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qamashi tuman bo‘limi, DXX, IIB hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Qashqadaryo daryosining Qirqqiz qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismi, muhofaza hududidagi o‘g‘rilik fosh etildi.

O‘g‘irlangan qum va 234,2 million so‘m zarar

Aniqlanishicha, A.C. va O.A.lar muhofaza maydonidan maxsus texnikalar yordamida 1,8 ming kub tabiiy qum mahsulotlarini noqonuniy ravishda qazib olib, talon-toroj qilishgan.

Buning natijasida, 234,2 million so‘m miqdorida tabiatga zarar yetkazilgan.

Noqonuniy biznes

Bundan tashqari fuqaro A.C. va boshqalar noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelishgan.

Bunda nazorat ostida bo‘lmagan 170 million so‘m daromad orttirilgan, ammo hechqanday talab va qonunlarga amal qilinmagan.

Jinoyat ishi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari ham olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat