$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy yilda 16,1 mlrd so‘mlik da’volar ko’rib chiqilib tadbirkorlar foydasiga hal qilingan

tadbirkor

Biznes-ombudsman devoni tomonidan joriy yilda 16,1 mlrd so‘mlik da’volar ko’rib chiqilib tadbirkorlar foydasiga hal qilingan. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lumot berildi. 

 15 509 ta murojaat qabul qilingan

Ma’lum qilinishicha, biznes-ombudsman devoni tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida tadbirkorlardan 15 509 ta murojaat qabul qilib, 2 117 ta huquqiy ta’sir chora qo‘llanilgan. 16,1 mlrd so‘mlik da’volar tadbirkorlar foydasiga hal qilingan. 648 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 617 ta taklif kiritilgan.

Shuningdek, tadbirda tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va ular uchun qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha farmonning ahamiyati keng tushuntirib berildi.  

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati uchun moliyaviy jarimalar bekor qilinmoqda. 

Majburiy raqamli markirovka qoidalari va boshqa qonunchilik talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik olib tashlanadi. 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati esa qayta ko‘rib chiqiladi va endilikda barcha tekshiruvlarni Biznes-ombudsman nazorat qiladi. 

Nazorat qiluvchi organlar xodimlari uchun esa maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, ularning malakasi oshiriladi.