$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

"Soxta tabiblar"ga qarshi qonun

Tabobat

O‘zLiDeP fraksiyasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga doir qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishida xalq tabobatiga zid usullarni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi haqida muhokama bo‘ldi.

Tabobatga doir javobgarlik 

Unga ko‘ra, endilikda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdorlik evaziga ruxsat etilmagan usullarni, shu jumladan xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda, kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatganlik hamda ushbu xizmatlarni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Reklama qilish tartibi

Qayd etilishicha, qonun loyihasida moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ruxsat etilmagan usullarni, shu jumladan, xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llash taqiqlanmoqda. Shuningdek, "Reklama to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ruxsat etilmagan, shu jumladan, xalq tabobatiga aloqador bo‘lmagan usullarni qo‘llagan holda kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fraksiya majlisida mazkur qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullandi.