$
 12786.98
12.0
 13753.68
-160.83
 130.27
0.13
weather
+26
Кечаси   +14°

Sinxron suzish sport turi bo‘yicha Toshkent shahrida “Suv parisi” xalqaro turniri o‘tkaziladi

suzish

“Suv sporti turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga asosan, sinxron suzish sport turi bo‘yicha Toshkent shahrida “Suv parisi” xalqaro turniri o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Jismoniy tarbiya universitetlarida yangi kafedralar tashkil etiladi

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, zarur sport infratuzilmasi mavjud bo‘lgan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv polosi va sinxron suzish guruhlari tashkil etiladi Andijon hamda Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suvga sakrash sport turini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyoti” hamda “Eshkak eshish sport turlari nazariyasi va uslubiyoti” kafedralari tashkil etiladi. 2025-yildan boshlab har yili quyidagi sport musobaqalari o‘tkazib boriladi:

Sinxron suzish sport turi bo‘yicha Toshkent shahrida “Suv parisi” xalqaro turniri;

Suzish sport turi bo‘yicha Samarqand viloyatida “Silk Water” xalqaro turniri;

Respublikaning barcha hududlarida yoz mavsumida o‘tkaziladigan “World Aquatics Day” ommaviy sport festivali;

Suv sporti turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari.

Milliy terma jamoalar trenerlari xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuboriladi

Shuningdek, 2025-yil 1-iyunga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xususiy investorga beriladigan suv havzalari ro‘yxati shakllantiriladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tkaziladigan suv havzalari faoliyati mazkur qaror asosida tashkil etiladi.

2026-yildan boshlab tajriba tariqasida Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda 6x15 metr o‘lchamli suzish havzalari barpo etiladi.

Shuning bilan birga, qaror bilan 2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida suv sporti turlari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.

2025–2027-yillarda milliy terma jamoalar trenerlari, shuningdek, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida suv sporti turlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan trenerlar xorijiy davlatlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuboriladi.