$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Janubiy Koreyada suvchechakka qarshi vaksina ishlab chiqildi

suvchechak

“Nanolek” va “GC Biopharma” kompaniyasi tomonidan suvchechakka qarshi vaksina ishlab chiqildi. “Nanolek” biofarmatsevtika kompaniyasi Janubiy Koreyaning “GC Biopharma” biofarmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan suvchechakka qarshi yangi vaksinaning klinik tadqiqotini o‘tkazish uchun Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ariza topshirdi.

Sinov jarayonida 8 ta tadqiqot markazi ishtirok etgan

Ma’lum qilinishicha, yangi dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish klinik tadqiqot yakunlanganidan keyin bir yil ichida - 2026-yil oxiri - 2027-yil boshida amalga oshirilishi kutilmoqda, deya aniqlik kiritdi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu sinovlarda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Sechenov universitetining Bolalar salomatligi klinik instituti, Pediatriya va bolalar salomatligini muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Bolalar infeksion kasalliklari ilmiy-klinik markazi kabi sakkizta tadqiqot markazi ishtirok etadi.

2027-yilda profilaktik emlashlar milliy taqvimiga suvchechakka qarshi emlashni kiritish rejalashtirilgan

Suvchechak dunyodagi eng keng tarqalgan infeksiyalardan biridir. U ayniqsa bir yoshgacha bo‘lgan bolalar va kattalarda og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. 2035-yilgacha bo‘lgan davrda yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2027-yilda profilaktik emlashlar milliy taqvimiga suvchechakka qarshi emlashni kiritish rejalashtirilgan.