$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshkent shahar suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan jinoiy ish ochildi

Chiqindi suvlar

“Toshkent shahar suv ta’minoti” chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun belgilangan qonun-qoidalarga amal qilmagan. 

Xususiy firmaning norozilik murojaati

Raqobat qo’mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “UZCARLSBERG” MCHJning “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati vakolat doirasida o‘rganib chiqildi.

Ortiqcha “imtiyoz”

Ushbu murojaatni o‘rganish mobaynida “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ va “UZCARLSBERG” MCHJ o‘rtasida “Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarish to‘g‘risida”gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan. Unga ko‘ra, “UZCARLSBERG” MCHJga chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun suv hajmi 68 % koeffitsiyent qo‘llanishi belgilab qo’yilgan. Ammo, “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ tomonidan “UZCARLSBERG” MCHJga 76 % koeffitsiyent qo‘llanilganligi natijasida 75 mln. so‘mga yaqin ortiqcha to‘lov hisoblanganligi ma’lum bo’ldi.

Noqonuniy haq undirish kimning foydasiga?

Mazkur holatlar bo‘yicha, hududiy boshqarma tomonidan “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi (tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subyektlarining belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish man etiladi) talablarini buzganlik alomatlari mavjud deb belgilangan tartibda jinoiy ish qo‘zg‘atildi.