$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

14 ta hududda suv ta’minoti korxonalarining yagona situatsion markazi tashkil etiladi

oqova

28-fevral kuni prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ichimlik va oqova suv tarmoqlarining raqamli xaritasi joriy etiladi

Qarorga ko‘ra, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4,8 mingta hisoblagichlarni hamda 2,8 mingta telemetriya tizimlarini o‘rnatish hisobiga ishlab chiqarilgan ichimlik suvining aniq hisobini yuritish;

12,7 mingta suv inshootlari hamda 80 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarining raqamli xaritasini (GIS) joriy etish orqali infratuzilmani yangilash ishlari samaradorligini oshirish;

Billing tizimi takomillashtiriladi

5,1 million iste’molchini qamrab olgan billing tizimini takomillashtirish, suv ta’minoti korxonalari moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga o‘tish va konsolidatsiyalashgan hisob-kitobini yuritish;

respublika va 14 ta hududiy suv ta’minoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimini joriy etish.